Rossiya va Xitoy kemalari "Vostok-2022" harbiy mashqlarida – video

Oxota va Yapon dengizlari suvlarida "Vostok-2022" harbiy mashqlari boshlandi.
Sputnik
Rossiya Sharqiy harbiy okrugining 7 ta poligonida, Oxota va Yapon dengizlari suvlari hamda sohilbo‘yi zonalarida 1–7 sentabr kunlari 14 ta davlat ishtirokida "Vostok-2022" strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda 50 mingdan ortiq harbiy xizmatchi - Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Laos, Mo‘g‘uliston, Nikaragua, Suriya va Tojikiston harbiylari, shuningdek, 5 mingdan ortiq qurol va harbiy texnika qatnashmoqda.