Samarqanddagi 16 ta ko‘cha 4 kunga yopiladi - chizma

Samarqand shahrining 16 ta ko‘chasida avtomobil harakati vaqtincha cheklanadi.
Sputnik
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti munosabati bilan 14-17 sentabr kunlari Samarqand shahriga kirish yo‘llari yopiladi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 14-sentabrdan 17-sentabrga qadar Samarqand shahrining Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet hiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Ro‘dakiy, Shoxizinda, Usto Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko‘chalarida transport vositalarining harakati cheklanadi.
Harakat qatnovi cheklangan ko‘chalarda tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

“Shu munosabat bilan viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilganligini va maxsus flayerlar ishlab chiqilganligini ma’lum qilamiz”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Tranzit o‘tuvchi yengil transport vositalarini Samarqand shahrini aylanib o‘tish avtomobil yo‘llarining chizmasi
Haydovchilar flayerdagi QR kod orqali yo‘llarda harakatlanishlari uchun ruxsat etilgan aylanma yo‘llardan mobil ilova orqali ham ko‘rishlari mumkin.
“14-15-16 va 17-sentabr kunlari Samarqand shahriga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolardan tashriflarini boshqa muddatga ko‘chirishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.