Roza Otunbayeva BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.
Sputnik
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili va BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish qaror qabul qildi.
Bu lavozimda u yaqinda Germaniyaning Kobuldagi elchisi Markus Potsel vazifalarini bajargan Debora Lions o‘rnini egalladi.
Roza Otunbayeva BMT doirasida Gruziyadagi BMT kuzatuvchilar missiyasi rahbarining o‘rinbosari va vositachilik bo‘yicha Oliy darajadagi maslahat kengashi a’zosi bo‘lgan.
Otunbayeva 2010-2011 yillarda Qirg‘izistonni boshqargan. U parlament a’zosi, Tashqi ishlar vazirligi rahbari, Aprel inqilobidan keyin muvaqqat hukumat raisi bo‘lgan.
Moskva davlat universitetida fansafa fani nomzodi ilmiy darajasiga ega.
Qirg‘iz, rus va ingliz tillarida erkin so‘zlasha oladi.