O‘zbekistonda limon yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha ish olib borilmoqda

Limon plantatsiyalari maydonlarini kengaytirish va yangi navlarni yetishtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekistonda limonchilik sohasida boshqaruv tizimini isloh qilish, shuningdek, limon plantatsiyalari maydonlarini kengaytirish, iqlim sharoiti va tashishga yaroqli navlarni yetishtirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hamda eksport qilish hajmini oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Limon yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha ish olib borilmoqda
Qayd etilishicha, laboratoriyalarda ishlayotgan olimlar, issiqxona mutaxassislari limonning boshqa mamlakatlarga eksport qilish va tashish uchun yaroqli navlarini yaratmoqda.

“O‘zbekiston sitrus mevalarini eksport qilish hisobiga dunyoning yetakchi davlatlari orasida o‘z mavqeyini mustahkamlay oladi. Shu maqsadda institut, laboratoriya va issiqxonalar mutaxassislari mahsulotlar sifati va xavfsizligini oshirish, zamonaviy navlarni saqlash, sovutish, tozalash va qadoqlash ishlarini davom ettirishmoqda”, - deyiladi xabarda.

Limon yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha ish olib borilmoqda
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning iqlim sharoitida limonni faqat issiqxonalarda yetishtirish, unga sun’iy qulay muhit yaratish mumkin. Limon oktabrda, ba’zi turlari esa dekabr-yanvarda meva bera boshlaydi. Limonning sovuqqa chidamliligi past, ya’ni 2-2,5 daraja. Uning mevalari -3-4 darajada muzlab qoladi, daraxtning barglari va yosh shoxlari -6-7 daraja haroratda muzlaydi va o‘simlik -8-9 daraja haroratda boshdan oyoq muzlashi mumkin. Mevalarning o‘sishi va shakllanishida tuproqning holati katta ahamiyatga ega.
Limon yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha ish olib borilmoqda
“So‘nggi paytlarda limon butun Markaziy Osiyo bo‘ylab issiqxonalarda faol ravishda yetishtirib kelinmoqda. U, ayniqsa, mo‘l hosil olayotgan O‘zbekiston va Tojikistonda keng tarqalgan”, - deyiladi xabarda.