TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tizimida “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi” joriy etildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati sohasida “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi” joriy qilinganligi munosabati bilan, 1-5 sentabr kunlari texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababdan, YaIDXP va Davlat xizmatlari markazlarida, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish va boshqa avtotransport vositasiga bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qo‘shimcha xabar beriladi.