Toshkentda tandir festivali bo‘lib o‘tdi - foto

Mustaqillik kunida Navro‘z bog‘ida 100ta tandirda go‘sht pishirib mehmonlarga ulashildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen - Sputnik. Toshkentdagi "Navro‘z" bog‘ida 1-sentabr kuni Mustaqillik bayramining 31-yilligi munosabati bilan “Tandir party” festivali bo‘lib o‘tdi.
V parke Navruz proshel festival "Tandir Party"
Festival davomida 100 ta tandirda mazali tandir go‘shtlari tayyorlandi hamda bog‘ga tashrif buyurgan mehmonlarga ulashildi. Bayramda taniqli san’atkorlar va yulduzlar yig‘ilgan mehmonlarga xush kayfiyat baxsh etdilar.
V parke Navruz proshel festival "Tandir Party"
Kun kechida mehmonlarga qiziqarli shoular, doirachilar va estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi, hamda DJ MAX ishtirokida kechki diskoteka taqdim etildi.
V parke Navruz proshel festival "Tandir Party"
Ushbu festival Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, "Navro‘z" bog‘i hamda “ZO‘R TV” telekanali hamkorligida tashkil etildi.