TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarni davom ettirish istagini bildirdi. Siyosatchi bu haqda Essen shahri aholisi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Shols Rossiya rahbari bilan yaqin aloqada ekanligini va hamkorlikni to‘xtatmoqchi emasligini ta’kidladi.
“Men Moskvada Rossiya prezidenti bilan uzun stol atrofida uchrashdim. U bilan ko‘p marta telefonda gaplashdim. Va buni davom ettirishimni aniq ayta olaman”, dedi Shols.
Kansler avval ham Rossiya prezidenti bilan muloqot muhimligi haqida gapirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, ayniqsa inqiroz davrida muhim. Shunga qaramay, siyosatchi Rossiya bilan munosabatlarni “yaqin kelajakda” normallashtirish mumkin deb hisoblamaydi.