TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Moskva Yaqin Sharq davlatlariga Lugansk va Donesk xalq respublikalari mustaqilligini tan olishni yuklamoqchi emas, bu ularning suveren qaroridir. Bu haqda Rossiya TIV Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika departamenti direktori Aleksandr Kinshak RIA Novosti bilan suhbatda ma’lum qildi.
“LXR va DXRni boshqa davlatlar tomonidan tan olinishi imkoniyatlariga kelsak, bu har qanday mustaqil davlatning suveren qarori. Tabiiyki, biz bunday qadamlarni faqat olqishlashimiz mumkin. G‘arblik hamkorlarimizdan farqli o‘laroq, biz buni hech kimga yuklamoqchi emasmiz”, - dedi Kinshak.
U iyun oyi oxirida Suriya LXR va DXR mustaqilligi va suverenitetini rasman tan olganini eslatdi.
“Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda tomonlar diplomatik munosabatlar o‘rnatish ustida ishlamoqda”, dedi Kinshak.