TOShKENT, 2 sen - Sputnik. Bugun Samarqandda O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi yod etildi.
Ushbu munosabat bilan viloyat va shahar hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari Hazrati Xizr majmuasida bo‘lib, Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilishdi hamda Registon maydoni yaqinidagi Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 2016-yilning 2-sentabr kuni insult oqibatida 78 yoshida olamdan o‘tgan edi.