Bayden Trampni ekstremist deb atadi

Bayden: MAGA respublikachilar konstitutsiyani hurmat qilmaydi, qonun kuchiga ishonmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zidan oldingi prezident Donald Tramp Amerikaga tahdid soluvchi ekstremizmni ifodalashini aytdi.
“Donald Tramp va MAGA respublikachilar respublikamiz poydevoriga tahdid soluvchi ekstremizmni ifodalaydi”, dedi Bayden xalqqa murojaatida.
U barcha respublikachilarni emas, faqat Trampning Make America Great Again (MAGA) harakati tarafdorlarini nazarda tutayotganini ta’kidlagan.
“MAGA respublikachilar konstitutsiyani hurmat qilmaydi, qonun kuchiga ishonmaydi, xalq irodasini tan olmaydi”, dedi Bayden.
Uning ta’kidlashicha, Tramp tarafdorlari prezidentlik saylovlarini tan olmaydi, konservatorlar esa Tramp demokratiyaga tahdid ekanini tushunadi.
Ma’lumot o‘rnida, MAGA Trampning 2016-yilgi saylov kampaniyasining asosiy siyosiy shioridir.