TOShKENT, 1 sen - Sputnik. Ukraina diversantlari Zaporojye AESini egallab olib MAGATE delegatsiyasidan tirik qalqon sifatida foydalanmoqchi bo‘lgan, dedi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Agar Kiyev rejimining Zaporojye atom elektr stansiyasini qo‘lga kiritish bo‘yicha bugungi operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganida, Rossiya harbiylari hujumini oldini olish maqsadida diversantlar MAGATE delegatsiyasidan "jonli qalqon" sifatida foydalangan bo‘lardi.
Ushbu mudhish reja natijasida, MAGATE missiyasining vazifasi ZAESning yangi maqomi ya’ni - "Zaporojye AESi to‘liq Kiyev nazoratiga o‘tganini" qayd qilish bo‘lar edi.
Bunda AQSh va Yevropa poytaxtlaridan Rossiyaga qarshi shov-shuvli bayonotlarning yangi to‘lqini boshlanar va ular atom elektr stansiyasi Ukraina harbiylari nazorati ostida qolishi kerakligini va AES atrofida “demilitarizatsiya zonasi”ni tashkil qilishni talab qilgan bo‘lardi.
MAGATE direktori Grossi va uning jamoasining pozitsiyasi hurmatga loyiq, - deb yozadi Rossiya MV, - ular Kiyevning provokatsiyalari va Ukrainaning o‘qqa tutilishiga qaramay, stansiyaga yetib kelishdi.
Ushbu vaziyatda Zelenskiy rejimining g‘arbiy homiylari sukut saqlayotgani - ularning AESdagi bugungi provokatsiyani tayyorlashdagi jimgina ishtirokini yana bir marta tasdiqlaydi.
Ammo BMT Bosh kotibi jamoatchilik oldida hech qanday reaksiya bildirmayotgani - hayratlanarli. Biz bundan BMTning Zaporojye atom elektr stansiyasi atrofidagi vaziyatga yondashuvining xolisligiga shubha uyg‘otadi. Bu kelajakda ushbu noziq hududda vaziyatning yanada qaltislashishiga olib keladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda MAGATE vakillari ZAESni tark etishdi. Missiya rahbari Rafael Gross aytishiga ko‘ra, u ko‘zdan kechirmoqchi bo‘lgan barcha joylarni ko‘rgan va ularning xavfsizligiga ishonch hosil qilgan.