TOShKENT, 1 sen - Sputnik. Zaporojye AESi joylashgan Energodar shahri tong soat 5:00 dan boshlab ukrain millatchilari tomonidan og‘ir artilleriya va raketalar yordamida o‘qqa tutilmoqda.
Bu haqida RT nashriga "Mi vmeste s Rossiyey" jamoatchilik uyushmasi rahbari Vladimir Rogov xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda MAGATE delegatsiyasi Zaporojye shahridan Energodar tomon yo‘l olgan. Xalqaro tashkilot vakillari tashrifi arafasida Ukraina ZAES va Energodar shahriga zarbalar sonini bir necha barobar oshirdi.
Undan tashqari millatchilar AESda terakt uyushtirish va uni desant guruhi yordamida egallab olishga ham urinib ko‘rishdi.
Bunday harakatlardan maqsad, xalqaro hamjamiyat oldida ayni damda AESni himoya qilayotgan Rossiya qo‘shinlarining obro‘yini tushirish, AESda sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlarda ularni ayblash.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.