TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Toshkent shahrida Mustaqillik bayrami munosabati bilan ayrim ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 1-sentabr kuni mamlakat mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu sababli Toshkentning Yangi O‘zbekiston, Maxtumquli, Tabarruk va Cho‘lpon ko‘chalarida soat 19:00 dan 00:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Sxema perekritiya dorog na 1-sentabrya
© GUVD g. Tashkenta
Idora yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘ragan va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan..
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Mustaqilligining 31-yilligiga bag‘ishlangan mushakbozlik "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida uyushtirilishi xabar qilingan edi.
"Toshshahartransxizmat" xabariga ko‘ra, mushakbozlik tadbiriga tashrif buyuruvchi fuqarolar va poytaxt mehmonlari “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga harakatlanuvchi 106, 151 va 190-sonli avtobus yo‘nalishlaridan foydalanishlari mumkin. Avtobuslar soat 23:00 ga qadar xizmat ko‘rsatadi