Rossiya Sharqiy harbiy okrugining yetti poligonida, shuningdek, Oxota va Yapon dengizlari suvlari hamda sohilbo‘yi zonalarida "Vostok-2022" (Sharq-2020) strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Unda 50 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, shuningdek, 5 mingdan ortiq qurol va harbiy texnika qatnashadi.
Mashg‘ulotlarda Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Laos, Mo‘g‘uliston, Nikaragua, Suriya va Tojikiston harbiylari ishtirok etadi.
Mashg‘ulotlarda Sharqiy harbiy okrugning javobgarlik zonasida Rossiya va uning ittifoqchilarining harbiy xavfsizligini ta’minlash o‘rganiladi.
Uzoq Sharq orollari zonasida va Kamchatka yarimoroli yaqinida raketa hamda artilleriya o‘qlari bilan dushman kema guruhlari va dengiz desanti kuchlarini mag‘lub etish mashq qilinadi.
Mashqlar hech qanday aniq davlatlar yoki harbiy ittifoqlarga qarshi qaratilmagan va mudofaa xususiyatiga ega.
"Vostok-2022" strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari
"Vostok-2022" strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari
"Vostok-2022" strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari
"Vostok-2022" strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari