Mustaqillik kunida mushakbozlikni qayerda tomosha qilish mumkin

Bugun soat 21:00 da Toshkentda Mustaqillik bayrami munosabati bilan bayramona salyut otilishi boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekiston Mustaqilligining 31-yilligiga bag‘ishlangan mushakbozlik "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida uyushtiriladi.
“Anons” xabariga ko‘ra, bugun soat 21:00 da "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Mustaqillik bayrami munosabati bilan bayramona salyut otilishi boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida prezident ishtirokida mamlakat mustaqilligining 31-yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Bayram tantanalari mushakbozlik bilan yakunlandi.