TOShKENT, 1 sen - Sputnik. MAGATE vakillari Zaporojye AESida ikki soat davomida o‘zlari uchun muhim bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Bular birinchi navbatda, yadroviy chiqindilar saqlanayotgan barcha konteynerlar hamda radioaktiv fonni o‘lchaydigan barcha aspoblarning sozligi bo‘ldi. Missiya a’zolari ularning soz ekaniga amin bo‘lishdi.
MAGATE rahbari Rafael Grossi ikki soat davomida u o‘zi uchun muhim bo‘lgan ko‘plab narsalarni ko‘rganini va mahalliy mutaxassislar ishonchli dalillar keltirganini ta’kidladi.
Rosatom va ZAES vakillari MAGATE delegatsiyasiga Ukraina tomonidan berilgan zarbalar oqibatlarini ham kursatishdi. Jumladan Ukraina tomonidan uchib kelgan snarad ham namoyish etildi.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, Zaporojye atom elektr stansiyasining yadro yoqilg‘isi saqlanayotgan omborigacha bir necha o‘n metr yetib bormagan Ukraina raketasi shimol tomondan uchib kelgani ko‘rinib turibdi.
"Rosatom" rahbari yordamchisi Korcha MAGATE direktoriga AESni o‘qqa tutish to‘xtamaguncha, Rossiya, Ukraina va Yevropa jiddiy xavf yoqasida bo‘lishini tushintirdi.
Kun yakunida MAGATE vakillari mahalliy aholi bilan uchrashishdi. Ular Grossiga shahar Ukraina tomonidan o‘qqa tutilayotgani sababli ular ko‘chaga chiqa olmayotganini va bugun 1-sentabrda ularning bolalari maktabga bora olmagani aytib, Ukraina tomonidan o‘qqa tutishni to‘xtatishda yordam so‘rashdi. Ular butun Zaporojye viloyatidan to‘plangan 20 mingdan ortiq kishining xatlarini MAGATE rahbariga topshirishdi.
Ma’lumot uchun, MAGATe missiyasi tashrifi oldidan Zaporojye AES hamda Energodar shahri Ukrain kuchlari tomonidan artilleriya va raketa zarbalari berilgan edi. Zarbalar MAGATE delegatsiyasi chegerani kesib o‘tgan zamon to‘xtadi.
Delegatsiyaning AES hududiga tashrifi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Tashrifni 70ga yaqin jurnalistlar yoritmoqda. Jumladan Yevropa davlatlaridan kelganlar ham bor.
Eslatib o‘tamiz, MAGATE delegatsiyasi 3-sentabrgacha Zaporoje AESda qolishni rejalashtirmoqda, bugun ular stansiyaning ish zali bilan tanishadi, so‘ngra reaktorlarga tashrif buyurishadi, dedi mintaqa rahbari. Shuningdek MAGATE ZAESda doimiy kuzatuv missiyasi tashkil qilishni ham rejalashtirgan.