DXMlarda “prava”larni yangisiga almashtirish vaqtincha to‘xtatildi

Tizimdagi profilaktik ishlar sabab YaIDXP va Davlat xizmatlari markazlarida eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish vaqtincha cheklanadi.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) va Davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati sohasida “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi” joriy qilingani munosabati bilan 1—5 sentabr kunlari texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
"Shu sababdan YaIDXP va Davlat xizmatlari markazlarida, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish va boshqa avtotransport vositasiga bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtinchalik to‘xtatiladi", - deyilgan xabarda.
Agentlik texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani qo‘shimcha xabar berilishini qayd etgan.

Mavzuga oid:

Haydovchilik guvohnomasini qayta tiklash uchun imtihon topshirish bekor qilindi
"Prava"ni yangisiga masofadan almashtirish yo‘lga qo‘yilishi mumkin