Boshqirdiston O‘zbekistonga pardoz-andoz mahsulotlarini yetkazib berishi mumkin

“Fabrik Kosmetik” kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga chiqish uchun muzokaralar olib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Rossiyaning “Fabrik Kosmetik” kompaniyasi o‘z mahsulotini O‘zbekistonga yetkazib berish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda Boshqirdiston o‘lkasi rahbari Radiy Xabirov ma’lum qildi.
Boshqirdistondagi bu korxona bugungi kunda 250 tadan ziyod pardoz-andoz va maishiy kimyo vositalarini ishlab chiqaradi va asosan mahalliy xom ashyolardan foydalanadi. Kompaniya mahsulotlari butun Rossiya bo‘ylab sotiladi va Belarus, Qozog‘iston va Tojikistonga eksport qilinadi.
“Kompaniya rahbariyatining bizning O‘zbekistonga biznes missiyamizda ishtirokidan so‘ng bu mamlakatga ham mahsulotlarni yetkazish berish borasida muzokaralar olib borilmoqda”, - deya yozdi Xabirov o‘zining telegram kanalida.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Boshqordiston delagatsiyasi O‘zbekistonga keldi va qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Boshqirdiston o‘rtasida aloqalar izchil rivojlanib kelmoqda. Ikki davlat hamkorligida bir necha investitsion loyihalar ishga tushirilgan. Ular orasida gaz quyish shaxobchalari, avtomobillar uchun gaz ballonlari ishlab chiqish korxonasi va boshqalar bor. Shuningdek yog‘ochni qayta ishlash, turizm va boshqa sohalar ham bor.
Boshqirdiston o‘zbek gilamlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi