TOShKENT, 31 avg — Sputnik. “O‘zaviatsiya” Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistonining uchta aviakompaniyalariga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni oshirish uchun ruxsatnoma berdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
“Wizz Air Abu Dhabi ” aviakompaniyasi Abu Dabi – Toshkent – Abu Dabi yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Aviakompaniya pavrozlarni Airbus 321 havo kemalarida amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
“Fly Dubai” aviakompaniyasi Dubay-Namangan-Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu kompaniya 2019-yildan buyon Toshkent aeroportiga parvoz qilmoqda. Bundan tashqari, sentabrda Samarqandga aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi. Aviakompaniya muntazam aviaqatnovlarni Boeing 737 havo kemalarida amalga oshiradi.
Arabistonning “FlyNas” aviakompaniyasi Jidda – Toshkent – Jidda yo‘nalishida muntazam parvozlar uchun ruxsatnomaga ega bo‘ldi. U parvozlarni Airbus 320 havo kemalarida amalga oshiradi.