TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Bugun Toshkent shahrining to‘rtta ko‘chasida avtomobil harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 31-avgust — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli poytaxtning Yangi O‘zbekiston, Mahtumquli, Tabarruk va Cho‘lpon ko‘chalarida soat 18:00 dan 24:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Transport harakati vaqtincha cheklanadigan yo‘llar
© oshkent shahar IIBBYo'l harakati xavsizligi boshqarmasi
“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, - deyiladi xabarda.