ShHT-2022: Samarqand sammiti

ShHT: Putin va Lukashenko Samarqandda uchrashishga kelishib oldi

Putin va Lukashenko Samarqanddagi ShHT sammiti doirasida uchrashishga kelishib oldilar – BelTA.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida uchrashishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda Belarus davlat agentligi Belta.
15-16 sentabr kunlari Samarqandda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi.
"Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putinning telefon orqali suhbatida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan sammit ham muhokama qilindi. ShHT doirasida Belarus va Rossiya prezidentlari uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldilar", — deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, davlat rahbarlari “nafaqat ushbu rejalarni, balki, umuman olganda, keyingi muloqotlar jadvalini, shuningdek, Belarus-Rossiya munosabatlari, eng dolzarb masalalar, mintaqa va dunyodagi vaziyatni muhokama qilganlar”.