Shavkat Mirziyoyev qatag‘on qurbonlarini yod etdi

Bugun kechqurun davlat rahbari O‘zbekiston mustaqilligining 31-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun erta tongda Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Mirziyoyev pochtil pamat jertv repressiy
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, kechqurun davlat rahbari mamlakat mustaqilligining 31-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, O‘zbekiston xalqiga tabrik bilan murojaat qiladi.
Mirziyoyev pochtil pamat jertv repressiy
Ma’lumot uchun, 31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni. O‘zbekiston prezidentining 2001-yil 1-maydagi farmoniga asosan ushbu kun har yili poytaxt Toshkent shahridagi "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuida o‘tkazilishi belgilangan.