Rossiya va Eron G‘arbning diktatorligisiz hamkorlikni davom ettiradi – Lavrov

Lavrov: G‘arblik hamkasblarimiz dunyoda o‘zlarining to‘liq hukmronligini o‘rnatishga intilib, maqsadli va izchil ravishda xalqaro munosabatlarning butun tuzilmasini yo‘q qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Rossiya va Eron G‘arb davlatlarining harakatlaridan qat’iy nazar hamkorlikni davom ettirish imkonini beradigan mexanizmlarni yaratishga e’tibor qaratmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Xalqaro vaziyat muntazam ravishda “soatlarni sinxronlashtirish” va harakatlarimizni muvofiqlashtirishni talab qilmoqda. G‘arblik hamkasblarimiz dunyoda o‘zlarining to‘liq hukmronligini o‘rnatishga intilib, maqsadli va izchil ravishda xalqaro munosabatlarning butun tuzilmasini yo‘q qilmoqda”, - dedi Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan bilan uchrashuvda.

“Bunday vaziyatda biz do‘stlarimiz, jumladan Eron bilan birgalikda har qanday diktatorlikdan qat’i nazar, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradigan ishonchli, konstruktiv mexanizmlarni yaratishga e’tibor qaratmoqdamiz”, deya qo‘shimcha qildi Rossiya vaziri.