TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Nukusdagi namoyishlarda ishtirok etishda gumonlanayotgan 10 nafar shaxsning qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirildi. Bu haqda Qoraqalpog‘istonda iyul oyi boshida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘istondagi voqealar sabab qamalganlarning yana 10 nafari oilasiga qaytarildi
© Qoraqalpog‘istonda iyul oyi boshida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya
“10 nafar fuqaroning qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirildi. 30-avgust kunining o‘zida jami 34 nafar fuqaro insonparvarlik tamoyili asosida oilasi bag‘riga qaytarildi”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq, Komissiya a’zolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan 24 nafar gumonlanuvchining jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarilgani haqida xabar bergan edik.
Qoraqalpog‘istondagi voqealar sabab qamalganlarning yana 10 nafari oilasiga qaytarildi
© Qoraqalpog‘istonda iyul oyi boshida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya
Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuraturaga kiritilgan ro‘yxat, namoyishlarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan shaxslarning oila a’zolari tomonidan Komissiyaga qilingan murojaatlarining o‘rganilishi va gumonlanuvchilar bilan shaxsan suhbatlashish asosida shakllantirilgan.