Peskov Putinning Munxendagi nutqini siyosiy donolikka da’vat deb atadi

Peskov Rossiya rahbarining Munxendagi nutqini to‘liq o‘qishni maslahat berdi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2007-yildagi Munxendagi nutqi qarama-qarshilik haqida emas, bu ogohlantirish va siyosiy donolikka da’vat edi, biroq u qonxo‘r va nodo‘st tinglovchilar tomonidan qabul qilinmadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidladi.
“Bu (Munxendagi nutq) qarama-qarshilik haqida emas, u ogohlantirdi, u raqiblarining siyosiy donoligiga murojaat qildi. Biz ishontira olmadik, lekin ishontirish qobiliyati yo‘qligi uchun emas, Putinning ishontirish uchun ajoyib iste’dodi bor. Bu nutqning tinglovchilari juda qonxo‘r va nodo‘st edi”, dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Munxen nutqi to‘liq o‘qilishi kerak.
“Men sizga vaqti-vaqti bilan, nima bo‘layotgani haqida savollar tug‘ilganda, Putinning Munxendagi nutqini o‘qishni maslahat beraman. Kimdandir so‘rashdan oldin Putinning Munxendagi nutqini oching”, deb maslahat berdi Peskov.
10 fevral kuni Putin Munxen xavfsizlik konferensiyasida o‘zining mashhur nutqi bilan chiqqaniga 15-yil to‘ldi. U AQShning tashqi siyosatini va bir qutbli dunyo tartibi g‘oyasini qattiq tanqid qilgandi, NATOning kengayishi va Sharqiy Yevropada Amerikaning raketaga qarshi mudofaa vositalarini joylashtirish rejalariga keskin qarshi chiqqandi.