Ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun ipoteka kreditlari yil oxirida ochilishi mumkin

Bugungi kunda Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasiga qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Ikkilamchi bozordan uy-joylar sotib olish uchun ipoteka kreditlari yil oxirida ochilishi mumkin. Bu haqda O‘zA Moliya vazirligi Ipoteka krediti bozorini moliyalashtirish va rivojlantirish departamenti direktori Baxtiyor Rajabovga tayanib, ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ipoteka bozorini rivojlantirish, zamonaviy mexanizmini joriy etish uchun 2019-yil Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tashkil etilgan.
Mazkur kompaniya ochilishi Osiyo taraqqiyot banki bilan 2019-yilda qarz bitimlar doirasida amalga oshirilgan. Ya’ni kompaniya faoliyatini tashkil etish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan davlat kafolati asosida 150 million dollar mablag‘lar jalb etilgan.
Kompaniya bilan Osiyo taraqqiyot banki mezonlarga mos kelgan kreditlarni qayta moliyalashtiriladi. Bugungi kunda qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish bo‘yicha ham ish olib borilmoqda. Muzokaralar shu yil oxirigacha bo‘ladi. O‘zaro kelishuvlar tugaganidan so‘ng bitimlar asosida Ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi tomonidan banklar tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari qayta moliyalashtiriladi.