Yevropalik saylovchilar manfaatlari AQSh gegemonligiga qurbon bo‘lishini kutmagandi – Klishas

Klishas: Yevropalik ko‘plab aqlli odamlar Putin nima kutgani/kutmagani haqida gapirishni yaxshi ko‘radi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Yevropalik saylovchilar o‘z manfaatlari AQSh gegemonligiga qurbon bo‘lishini kutmagan edi. Bu haqda Federatsiya Kengashining konstitutsiyaviy qonunchilik qo‘mitasi rahbari Andrey Klishas ta’kidladi.
Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari samarali va to‘g‘ri ekanini, Ukraina mojarosiga Yevropaning yagona javobi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hayratda qoldirishi mumkinligini aytgan edi.
“Yevropalik ko‘plab aqlli odamlar Putin u yerda nima kutgani/kutmagani haqida gapirishni yaxshi ko‘radi. Mana, yevropalik saylovchilar, albatta, yevropalik siyosatchilar o‘z manfaatlarini Vashington gegemonligiga osonlikcha qurbon qilishlarini kutmagan edi”, deb yozadi senator o‘zining Telegram kanalida.
Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanishi bilan G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ko‘pgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qildi, Rossiyadan energiyadan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar Yevropa va Qo‘shma Shtatlar uchun muammo bo‘lib, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxining oshishiga olib keldi.