Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Energodarda ukrainalik diversantlar qo‘lga olindi

Diversantlar MAGATE delegatsiyasi tashrifi vaqtida terakt uyushtirishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Energodarda ukrainalik diversantlar guruhi qo‘lga olindi, deb ma’lum qildi RIA Novosti agentligiga Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov.
“Zaporojye atom elektr stansiyasida terrorchilik harakatini tayyorlagan bir guruh ukrainalik diversantlar qo‘lga olindi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainalik diversantlar MAGATEdelegatsiyasi tashrifi chog‘ida terakt uyushtirishni rejalashtirishgan. Maqsad – Rossiya ZAES xavfsizligini ta’minlay olmasligini ko‘rsatish bo‘lgan, dedi Rogov.
Eslatib o‘tamiz, bugun Kiyevdan 15 navarga yaqin MAGATE delegatsiyasi vakillari Zaprojye AESi tomon yo‘lga chiqishgan. Ular AESdagi vaziyat bilan yaqindan tanishishni, xavfsizlikni tekshiruvdan o‘tkazish va u yerda doimiy kuzatuv tashkil qilishni rejalashtirishmoqda. Shuninshgdek delegatsiya vakillari AES uchun kerakli bo‘lgan ehtiyot qismlarni ham olib kelishmoqda.
Ma’lumot uchun, Rossiya maxsus operatsiya davomida rus harbiylari Zaporojye viloyatining Azov dengizi qismini va butun Xerson viloyatini nazorat ostiga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni egallab oldi va Ukrainani Azov dengizidan uzib oldi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Mintaqalar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi.