Dunyodagi eng chuqur g‘or Boysunda ekani taxmin qilinmoqda

Rossiyalik maxsus ekspeditsiya Boysun tumanidagi g‘orlarni o‘rganmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Ayni paytda Boysun tumanidagi Boybuloq, Vishnevskiy, Xo‘ja G‘ur-G‘ur ota g‘orlari rossiyalik maxsus ekspeditsiya tomonidan o‘rganilmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, g‘orshunoslar Cho‘lbayir tog‘ tizmasidagi Boybuloq va Vishnevskiy g‘orlarini tadqiq etib, bu ikki g‘orning tutashgan qismini izlab topishmoqchi.
Boysun tumani
Boybuloq g‘ori tuman markazidan 65 kmuzoqlikda joylagan. Tog‘li hududdagi Dehibolo qishlog‘idan og‘ir tog‘ yo‘li orqali 6-7 soatda yetib boriladi.
Ekspeditsiya rahbari Vadim Loginovning qayd etishicha, Boybuloq va Vishnevskiy g‘orlari tutashgan bo‘lishi mumkin. Oradagi masofa atigi 70 metr chamasi. Boybuloq g‘orining aniqlangan g‘or yo‘llari 8 kmni , chuqurligi esa 1238 metrni Vishnevskiy g‘orining aniqlangan g‘or yo‘llari 14 kmni, chuqurligi esa 1430 metrni tashkil etmoqda.
ma’lumot uchun, hozirda dunyoda Gruziyadagi Krubera g‘ori eng chuqur g‘or hisoblanadi. Uning chuqurligi 2196 metrni tashkil etadi. Agar g‘orshunoslarning taxminlari haqiqat bo‘lib chiqsa, Boysundagi "Qorong‘i yulduz" deya nomlangan ushbu g‘or dunyodagi eng chuquri bo‘lishi mumkin.