Boysunda xalqaro velo va yugurish marafoni o‘tkazildi

G‘oliblar 1000 AQSh dollari, 2-o‘ringa 500 AQSh dollari, 3-o‘rin sohiblariga 300 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Boysunda xalqaro velo va yugurish marafoni o‘tkazildi. Bu haqida Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Boysun tumanining Sayrob mahallasida sportning velo va yugurish turlari bo‘yicha xalqaro marafon o‘tkazildi. Marafonda viloyat hamda respublikamizning turli hududlaridan kelgan sportchilar o‘zaro bellashdi.
Xalqaro velo va yugurish marafoni
Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan xalqaro xayriya marafoni yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi.
Xalqaro velo va yugurish marafoni
Velo marafon:
1-o‘rin – Azimbek Abdullayev (Toshkent viloyati);
2-o‘rin – Allamurod Rahmonov (Qumqo‘rg‘on tumani);
3-o‘rin – Raman Islomov (Termiz shahri).
Yugurish marafoni:
1-o‘rin – Shohruh Davlatov (Sariosiyo tumani);
2-o‘rin – Yevgeniy Fadeyev (Termiz shahri);
3-o‘rin – Murodali Sattorov (Boysun tumani), Sharofiddin Xolmirzayev (Termiz shahri).
G‘oliblar 1000 AQSh dollari, 2-o‘ringa 500 AQSh dollari, 3-o‘rin sohiblariga 300 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Xalqaro velo va yugurish marafoni