AQSh Afg‘oniston urushidagi mag‘lubiyatini tan olishi kerak – Rossiya elchixonasi

Qayd etilishicha, amerikalik soliq to‘lovchilarning trillionlab dollarlari behuda ketgan, Afg‘oniston uchun esa AQSh harbiy kampaniyasi fojia bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Vashington Afg‘oniston urushi AQShning mag‘lubiyati bilan yakunlanganini tan olishi kerak. Bu haqda RossiyaningAQShdagi elchixonasi ma’lum qildi.
“Ishonchimiz komilki, Vashington afg‘on urushi AQShning mag‘lubiyati bilan yakunlanganini tan olishi kerak. Qolaversa, bu Osiyo davlatiga muammo va yolg‘on umidlarning barbod bo‘lishidan boshqa hech narsa keltirmadi”, deyiladi elchixona bayonotida.
Qayd etilishicha, amerikalik soliq to‘lovchilarning trillionlab dollarlari behuda ketgan, Afg‘oniston uchun esa AQSh harbiy kampaniyasi fojia bo‘lgan.
“Bir yildan so‘ng Afg‘onistonda 20-yillik qurolli to‘qnashuvdan ham halokatliroq bo‘lish xavfinitug‘diruvchi gumanitar falokat avj oldi”, deyiladi elchixona xabarida.
2020 yilda Qo‘shma Shtatlar Qatar vositachiligida Dohada toliblar bilan tinchlik shartnomasi tuzdi, unga ko‘ra barcha xorijiy qo‘shinlar Afg‘onistondan olib chiqilishi kerak edi. O‘zidan oldingi prezident Donald Trampning deyarli barcha tashqi siyosat qarorlarini ko‘rib chiqqan AQSh prezidenti Jo Bayden 2021-yil aprelida 1-mayga qadar Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashiga va’da bergan edi. Keyin boshqa barcha NATO davlatlari o‘z kontingentlarini olib chiqib ketishlarini e’lon qildi.
Natijada G‘arb koalitsiyasi yoz oxirigacha mamlakatni tark etdi, oxirgi Amerika askari 31-avgust kuni Afg‘oniston hududidan ketdi.