Rossiya Havo-desant qo‘shinlari otradlari Nikolayev viloyatidagi Blagodatnoe qishlog‘ini Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalaridan ozod qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar buning uchun qanday jang qilishgani aks etgan videoni ko‘rsatdi.
Kadrlarda harbiylar qanday qilib minomot, granatomot va pulemotlardan ukrainalik jangarilar pozitsiyalariga o‘t ochishayotgani aks etgan. Keyin Blagodatnoyega hujumchi guruh tanklarda kirib borayotgani namoyish etiladi.
“Dushman qattiq qarshilik ko‘rsatdi, biroq hujumchi guruhlarning tartibli xatti-harakatlari, desantchilarimizning jasorati va mardonavorligi tufayli aholi punkti qisqa muddatda egallab olindi”, - deyilgan xabarda.
24 fevraldan buyon Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Rossiya armiyasi DXR va LXR kuchlari bilan birgalikda Lugansk Xalq Respublikasini va Doneskning muhim qismini, jumladan Volnovaxani, Mariupolni va Svatogorskni butunlay ozod qildi.