Qoraqalpog‘istonda qo‘lga olingan 24 kishi jamoat kafilligi asosida qo‘yib yuborildi

Bunda ularning Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda sodir etgan qilmishlaridan pushaymon ekani, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi inobatga olingan.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Qoraqalpog‘iston voqealari sabab qamoqqa olingan 24 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura tomonidan Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiya a’zolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, 24 nafar gumonlanuvchini jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarilgan.
Qoraqalpog‘iston voqealari sabab qamalgan 24 nafar shaxs o‘z oilasiga qaytarildi
Ularga nisbatan belgilangan qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida jamoatchilik nazorati va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilgan.
Qoraqalpog‘iston voqealari sabab qamalgan 24 nafar shaxs o‘z oilasiga qaytarildi
Bunda ushbu fuqarolarning Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda sodir etgan qilmishlaridan pushaymon ekani, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi, shuningdek oilaviy sharoiti og‘ir ekani, ba’zi shaxslarning oilada yolg‘iz boquvchi bo‘lgani e’tiborga olingan.
Qoraqalpog‘iston voqealari sabab qamalgan 24 nafar shaxs o‘z oilasiga qaytarildi
Xabarda bo‘lib o‘tgan voqealarni har tomonlama chuqur va xolisona tergov qilish bo‘yicha tergov jarayonlari davom etayotgani qo‘shimcha qilingan.