Osiyo kubogi: O‘zbekiston terma jamoasi qo‘lga kiritgan medallar soni 7taga yetdi

Tailandda velotrek bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo kubogida Yanina Kuskova ta’qib poygasi dasturida oltin, Margarita Misurina esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Tailandda velotrek bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari qo‘lga kiritgan medallar soni 7 taga yetdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ortda qolgan bahslar yakunida Yanina Kuskova ta’qib poygasi dasturida oltin, Margarita Misurina esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi
Bungacha jamoa musobaqa doirasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Bugun musobaqa doirasida yana bir qator yo‘nalishlarda poygalar o‘tkaziladi.