TOShKENT, 30 avg - Sputnik, Renat Abdullin. Shu haftada Xalqaro atom energiyasi agentligi inspektorlari hali ham Ukraina qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilayotgan Zaporojme atom elektr stansiyasiga tashrif buyurishadi.
Kiyev ma’muriyati ushbu tashabbusdan norozi ekanligi aniq, ammo, aftidan, ularni ko‘ndirishdi. Xalqaro ekspertlar yadroviy inshoot atrofidagi vaziyatga ta’sir o‘tkaza oladimi - RIA Novosti materialida.
"Bu kun keldi"
MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bundan mamnunligini yashirmadi. "Bu kun keldi. Zaporojye AESiga qo‘llab-quvvatlash va yordam missiyasi yuborildi", dedi u o‘z mikroblogida va delegatsiyaga shaxsan o‘zi rahbarlik qilishini ham qo‘shimcha qildi.
Avgust oyi boshidan beri stansiya Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan uzluksiz o‘qqa tutilmoqda. Bu Chernobil falokati bilan baravar yadroviy falokatga olib kelishi mumkin.
Inspektorlar obyektga Ukraina hududi orqali yetib kelishi kerak edi. Ammo Kiyevda ularga ruxsat berishga shoshilishmadi. Dunyoning 40 dan ortiq davlatlari hatto Moskvani Zaporojye AES ustidan nazoratni zudlik bilan Ukrainaga qaytarishga chaqirdi.
Lekin barcha qiyinchilarga qaramasdan, tashrif haqida kelishib olindi. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, delegatsiya “hududdagi elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazgan va yong‘inga sabab bo‘lgan janglar falokatga olib kelishi mumkinligidan xavotirda”, shuningdek u ZAES holati va radiatsiyaviy fonni tekshiradi. Bundan tashqari, mutaxassislar o‘zlari bilan stansiya uchun muhim ehtiyot qismlarni olib kelishadi. Amerika nashrining aniqlik kiritishicha, missiyaning obyektda qolish muddati 31-avgustdan 3-sentabrgacha.
25 avgust kuni Zaporojye AESda avariya himoya tizimi ishga tushishi oqibatida bir vaqtning o‘zida ikkita energoblok to‘xtab qoldi. Bunday holat stansiya ishga tushganidan buyon ilk bor sodir bo‘ldi. Elektr energiyasi ta’minoti o‘tgan barcha yillar davomida birinchi marotaba uzildi.
Ertasi kuni Energodar Ukraina Qurolli Kuchlarining yangi keng ko‘lamli o‘qqa tutilishini e’lon qildi - ular ZAES hududida kamida to‘rtta zarbani qayd etdilar, ammo infratuzilmaga zarar etkazmasdan. Zaporojye viloyati harbiy-fuqarolik ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir hafta ichida ZAESni o‘qqa tutish intensivligi 70 foizga oshgan. 29-avgust kuni esa snarad Reaktorlar uchun yoqilg‘i saqlanadigan 1-sonli maxsus binoning tomini teshib tushgan. Snarad amerikaning M777 gaubitsasiniki bo‘lgan.
"Yadroviy o‘zboshimchalikni to‘xtating"
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova OAVlarda paydo bo‘layotgan, guyoki "MAGATE ushbu tashrifni, Moskvaning irodasiga qarshi ravishda o‘tkazmoqda" qabilidagi xabarlarga ishonmaslikka da’vat qildi. Aksincha, Kiyev ushbu tashrifga imkon qadar qarshilik ko‘rsatmoqda. Ularning bu "rejalari amalga oshmaydi" deydi Zaxarova.
"Rossiya tomoni MAGATEning ZAESgi amalga oshiriladigan missiyasi xavfsiz o‘tishi hamda o‘z oldiga qo‘yilgan barcha maqsadlarga erishishi uchun hamma narsani qilmoqda. Asosiysi - Zelenskiy rejimi tomonidan amalga oshirilayotgan yadroviy o‘zboshimchalikni to‘xtatish, stansiyaning xavfsiz ishlashini ta’minlash”, — deyladi Rossiya TIV bayonotida.
Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanovga ko‘ra, ayrim mutaxassislar stansiyada qoladi. Zaporojye hokimiyati, o‘z navbatida, ularni barcha zarur narsalar bilan ta’minlashga va’da berdi. Viloyat ma’muriyati rahbari Yevgeniy Balitskiyning so‘zlariga ko‘ra, MAGATE inspektorlari ZAES va butun qit’aning xavfsizligiga aynan Ukraina Qurolli kuchlari tahdid solayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi kerak.
Shu bilan birga, Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislitsa bir hafta oldin Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Kiyevning MAGATE ishiga ma’lum bir "harbiy komponent" kiritish istagi borligini ta’kidlagan edi. U nimani nazarda tutgani hozircha aniq emas.
Kimning manfaati uchun?
MDH davlatlari instituti bo‘lim boshlig‘i Vladimir Yevseyev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, MAGATE vakillarining tashrifi Kiyev rejimi uchun darhaqiqiat noqulay.
"Ular AESga qayerdan va qanday qurollar yordamida o‘q uzilayotgani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishadi. Ular qanday qurollar qo‘llanganini, Kiyev uchun esa undan ham yomoni, Amerika tizimlari qo‘llanganini aniqlab berishadi. Bu Moskva uchun missiya faoliyatining ijobiy qismi", - deydi tahlilchi. ishonadi.
Shu bilan birga, salbiy tomonlar ham mavjud. masalan MAGATE stansiyani himoya qilish uchun zarur bo‘lgan Rossiya havo mudofaa tizimlarini ham ko‘radi. "Tashkilot rahbariyati, ochig‘ini aytganda, amerikaparast bo‘lgani tufayli ularning ekspertlari Moskvani ayblash uchun zarracha bo‘lsa ham ma’lumot topishga harakat qilishadi. Men ulardan hech qanday xolislikni kutmagan bo‘lardim.