"Toshkent-Volgograd" yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘lovchi poyezdlar qatnovi 5-oktabrdan haftaning chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. “Toshkent-Volgograd-Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Toshkent va Volgogradni bog‘lovchi poyezdlar qatnovi bittaga ko‘payadi.
“Yo‘lovchilarga yanada ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 5-oktabrdan haftaning chorshanba kunlari “Toshkent-Volgograd-Toshkent” yo‘nalishida 323/324- sonli qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 25-iyundan Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan "Toshkent-Volgograd-Toshkent" yo‘nalishidagi 324/323-sonli Xalqaro yo‘lovchipoyezdi harakati boshlangandi.