Rossiyada O‘zbekistonning an’anaviy matolari ko‘rgazmasi ochildi

Sankt-Peterburgda ish boshlagan ko‘rgazmadan bir vaqtlar har bir oilada turli tadbirlar uchun tayyorlangan kashtachilik mahsulotlari o‘rin olgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Rossiya etnografiya muzeyida “O‘zbekiston ipak iplari: an’anaviy kashtalar va matolar” ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqida muzey matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘rgazma O‘zbekistonning an’anaviy amaliy san’at turlaridan biri – dekorativ kashtachilik buyumlari va matolariga bag‘ishlangan.
V Rossiyskom Etnograficheskom muzee otkrilas vistavka "Shelkovie niti uzbekistana: Traditsionnie vishivki i tkani"
Rossiya etnografiya muzeyida 19-asr oxiri va 20-asr boshlariga tegishli ekspanatlar saqlanmoqda. Ushbu muzey hozirda o‘zbek xalq amaliy san’atining noyob asarlarining eng to‘liq va boy kolleksiyasiga ega dunyodagi sanoqli muzeylardan biri hisoblanadi.
Ko‘rgazmada har bir oilada turli tadbirlar, eng avvalo, to‘ymarosimlariga tayyorlash odat tusiga kirgan turli xil naqshli mahsulotlar namoyish etilmoqda.
Bular to‘shak uchun yoping‘ich va choyshab, devor bo‘shliqlari uchun pardalar, ko‘rpa-to‘shaklar va bolalar beshigi uchun choyshablar, to‘y sochiqlari, joynamozva boshqalar.
V Rossiyskom Etnograficheskom muzee otkrilas vistavka "Shelkovie niti uzbekistana: Traditsionnie vishivki i tkani"
Shuningdek, ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarni Buxoro, Samarqand, Shahrisobz, Qarshi, Nurota, Jizzax, Toshkent, Farg‘ona vodiysi shaharlari – Andijon, Namangan, Qo‘qon hunarmandchilik markazlaridagi kashtachilik an’analarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi.
Ularning har biri maxsus kompozitsion va bezak texnikasi, buyumlarga o‘ziga xos dekorativ ko‘rinish beradigan ranglar gammasi bilan ajralib turadi.
V Rossiyskom Etnograficheskom muzee otkrilas vistavka "Shelkovie niti uzbekistana: Traditsionnie vishivki i tkani"
Ko‘rgazmaga qo‘yilgan matolar nafaqat mahalliy ipak to‘qishning yuksak mahoratini, balki ularni “abrbandi” (ikat) texnikasi yordamida bezashning o‘ziga xos xususiyatlarini ham namoyish etadi, buning natijasida naqshlar o‘ziga xos noaniq, bulutli (“abr”) - bulut) shaklda tus oladi.
O‘zbek amaliy san’ati asarlari ekspozitsiyasi 31-dekabrga qadar namoyish etiladi. Muzeyga seshanbadan yakshanbagacha ertalab soat 10:00dan tashrif buyurish mumkin.