TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Putin Millatlar ishlari bo‘yicha agentlik rahbarining migrantlarning hududiy va ijtimoiy izolyatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik uchun moslashuv markazlarini yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
Barinovning so‘zlariga ko‘ra, uni bir nechta hududlarda boshlash rejalashtirilgan.
"Iqtisodiyotga chet el ishchi kuchi oqimi kerak, ammo, afsuski, bu jarayonlar ba’zan muayan hududlarda etnik-madaniy landshaftni o‘zgartiradi. Anklavlarning shakllanishi xavfi mavjud, etnik jinoyatlar ko‘paymoqda, mehnat bozorining ayrim sohalari juda jiddiy bosim ostida”, - deb tushuntirdi Barinov.
"Tabiiyki, ko‘p holatlarda bu mezbon jamoatchilik, fuqarolarimizning salbiy norozillik reaksiyaga sabab bo‘ladi. Va bu yerda, o‘ylaymanki, migrantlarning ijtimoiy-madaniy moslashuvi bo‘yicha ishlarni kuchaytirish juda muhim", - deydi agentlik rahbari.
Prezident bilan uchrashuvda muhojirlarning yakkalanib qolishining oldini olish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar kompleksi ustida ish boshlangani, buning uchun jamoat va diniy tashkilotlarni jalb qilish zarurligi haqida gapirildi.
O‘z navbatida, Vladimir Putin ushbu jarayonni muhojirlarning vatanidan boshlash muhimligini ta’kidladi.
“Hamkasblarimiz bunga rozi, ular qo‘shilishga tayyor. O‘zbekistonda ham, Tojikistonda ham, Qirg‘izistonda ham – marhamat, hammasi zavq bilan buni qilishapti. Biz u yerda faqat faolroq bo‘lishimiz kerak. Ular odamlar bu yerga kelganida moslashgan bo‘lishini, ya’ni madaniyatimiz, tilimiz, Rossiya qonunchiligini bilishi kerakligini yaxshi tushunadi”, – deydi prezident.