Duginaning qotillari: FXX yana bir Ukraina qo‘poruvchi-terrorchi guruhi a’zosini aniqladi

Duginaga nisbatan qotillikni Ukraina qo‘poruvchi-terrorchi guruhining yana bir a’zosi tayyorlagan - FXX.
Sputnik
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Jurnalist va siyosatshunos Darya Duginaning o‘ldirilishini Natalya Vovk bilan birgalikda portlashdan bir kun oldin Rossiyani tark etgan Ukraina qo‘poruvchi-terrorchi guruhining yana bir a’zosi tayyorlagan, deb xabar berdi FXX jamoatchilik bilan aloqalar markazi.
“Keyingi chora-tadbirlar davomida Darya Duginani o‘ldirishni Natalya Vovk bilan birgalikda Moskvada Ukraina qo‘poruvchi-terrorchilik guruhining yana bir a’zosi, Ukraina fuqarosi, 1978-yilda tug‘ilgan Bogdan Petrovich Siganenko tayyorlagani aniqlandi. 2022-yil 30-iyulda hodisa yuz bergandan bir kun oldin Estoniya orqali tranzit yo‘li bilan Rossiya hududini tark”, — deyilgan bayonotda.
Aytilishicha, Siganenko Vovkga Qozog‘iston fuqarosi Yuliya Zayko nomiga soxta davlat raqamlari va hujjatlarni berib, unga Moskva janubi-g‘arbidagi ijaraga olingan garajda qo‘lbola portlovchi moslama yig‘ishga yordam bergan.
“Video kuzatuv kameralarini o‘rganish natijasida jinoyatni sodir etgan Ukraina fuqarosi, 1979-yilda tug‘ilgan Vovk Natalya Pavlovna “Traditsiya” festivali mehmonlari uchun avtoturargohda Darya Duginani shaxsan kuzatib turgani qayd etildi”, — deyilgan axborotda.
Siyosatshunos va jurnalist Darya Dugina 20-avgust kuni Moskva viloyatining Odinsovo tumanidagi Mojaysk trassasida avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘ldi.
Ikki kundan keyin FXX qotillik ochilganini e’lon qildi. Aytilishicha, qotillik ortida Ukraina maxsus xizmatlari turibdi, ijrochi - Ukraina fuqarosi Natalya Vovk bo‘lib, u 23-iyul kuni qizi bilan Rossiyaga kelgan va keyin Pskov viloyati orqali Estoniyaga jo‘nab ketgan.