TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Yangi boshlangan haftaning birinchi yarmida, shuningdek, bayram kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ob-havon o‘zgarishi kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, haftaning birinchi yarmida va bayram kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq hamda biroz issiq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati haftaning birinchi yarmida +33...+35 daraja atrofida bo‘ladi. Bayram kunlari +33...+37 daraja atrofida biroz issiqroq bo‘ladi. Kechalari va ertalabki soatlarda +13...+18 daraja atrofida bo‘lgan qulay harorat kuzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi.
1 sentabr, payshanba–O‘zbekiston Mustaqillik kuni, ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
2 sentabr, juma – qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
3 sentabr, shanba– odatiy dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
4 sentabr, yakshanba –odatiy dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.