TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Toshkentda "daftarlar"ga kiritilgan oilalarni quyosh fotopanellari va quyosh suv isitish qurilmalari bilan beg‘araz ta’minlash jarayonlari boshlandi. Bu haqida 25-avgust kuni Toshkent shahar hokimi tomonidan qabul qilgan qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga muvofiq, Toshkent shahrida "daftarlar"ga kiritilgan oilalarni quyosh fotopanellari va quyosh suv isitish qurilmalari bilan beg‘araz ta’minlash bo‘yicha manzilli dastur parametrlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, tuman hokimliklari quyosh fotopanellari va quyosh suv isitish qurilmalari bilan beg‘araz ta’minlanadigan oilalar ro‘yxatini tuzadi.
Hozirda "daftarlar"ga kirgan oilalar soni 138 taga teng.
Hujjatda oilalarga 69 ta quyosh fotoelektrik va 138 ta quyosh suv isitish qurilmasini o‘rnatish nazarda tutilgan.
Loyihaning umumiy qiymati 2,8 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, joriy yil yakuniga qadar 5 mingta, keyingi yilda esa 10 mingta “daftarlar"ga kirgan oilani quyosh fotopanellari va quyosh suv isitish qurilmalari bilan ta’minlash belgilangan.