TOShKENT, 28 avg — Sputnik. 2022 yil oxirigacha gaz narxi ming kub metr uchun 5000 yevroni tashkil qilishi mumkin. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev shunday prognozni aytdi.
“Yevropa Ittifoqi davlatlatlari rahbarlari va hukumati. Gaz narxining ming kub metr uchun 3500 yevroga ko‘tarilishi munosabati bilan 2022-yil oxirigacha prognoz narxini 5000 yevroga oshirishga majburman”, - deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
"With warm regards (inglizchadan "iliq istaklar ila" – tahr.)", - deya qo‘shimcha qilgan Medvedev Yevropa ittifoqi davlatlari va hukumat rahbarlariga murojaat qilib.
Avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari yil oxiriga qadar Yevropa uchun gaz narxi 4 ming dollarga yetishi mumkinligini prognoz qilgan edi.
Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanishi bilan G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ko‘pgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qildi, Rossiyadan energiyadan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar Yevropa va Qo‘shma Shtatlar uchun muammo bo‘lib, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxining oshishiga olib keldi.