TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ilk bor o‘tkazilgan “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022” musobaqasining g‘olibiga aylandi.
Yosh futbolchilar oxirgi turda Tojikiston darvozasiga javobsiz 5 ta gol kiritishdi. Eron bilan bir xil 7 ochko jamg‘argan O‘zbekiston jamoasi to‘plar nisbatiga ko‘ra birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Xotira musobaqasida O‘zbekiston, Yaponiya, Eron va Tojikiston o‘smirlar terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi.
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi esa “SBS Cup” sovrini uchun kechgan bahs finalida Yaponiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.
Bunga qadar ular Urugvayni 1:0 hisobida yengishgan edi.