Aytishlaricha, it birinchi bo‘lib qo‘lga o‘rgatilgan va xonakilashtirilgan hayvon hisoblanadi.
Itlar har doim ovchining eng yaxshi yordamchisi va sadoqat hamda vafo ramzi bo‘lgan. Odamlarning mazkur to‘rt oyoqli do‘stlari nafaqat ov vaqti, balki doimiy ravishda insonlarga yordam berib keladi: uylarini qo‘riqlaydi, odamlarni xavf-xatarlardan himoya qiladi. Hatto ular Ulug‘ Vatan urushi frontlarida kechgan janglarda ham qahramonlik ko‘rsatgan.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, butun dunyoda odamlar har yili 26-avgust kuni o‘zining sevimli itiga jasorati, sevgisi hamda sadoqati uchun minnatdorlik bildiradi. Keling, hozir mashhur san’atkorlaru siyosatchilarning to‘rt oyoqli do‘stlari bilan tushgan suratlari bilan tanishamiz: