TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Bir necha kun oldin, DTM tomonidan bu yilgi kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingan edi. Undan ma’lum bo‘lishicha OTMlarga imtihon topshirgan bir milliondan ortiq abituriyentlarning salkam yarmi minimaal kirish bali (56,7) ni ham to‘play olmagan. Ushbu vaziyat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab savol va mulohazalar keltirib chiqargan edi.
Eng bahsli mavzularda biri bugungi maktab ta’limi qay darajada? Nega abituriyentlar bali buncha past? Degan savollar paydo bo‘ldi.
Bunga javoban XTV quyidagi izoh va infografikani e’lon qildi. Unga ko‘ra kam ball olgan abituriyentlarning aksariyati oldingi yillar bitiruvchilari. 2022-yilda maktabni bitirganlar natijasi oldingi yillarga nisbatan biroz yuqori.
Jami abituriyentlar o‘rtacha bali esa 65ni tashkil etgan bo‘lsa, aynan 2022-yilda maktabni bitirganlar o‘rtacha bali -76. Va ushbu ko‘rsatgich yildan yilga oshib kelmoqda: 2020-yilda – 70, 2021-yilda – 74, - deyiladi xabarda.
Minimal o‘tish balini (56) ham to‘play olmagan abituriyentlar soni 514 624 nafarni tashkil qilgan. Lekin ular orasida joriy yil maktab bitiruvchilari salmog‘i nisbatan kam.
Ular ichida 108 ming nafar abituriyent joriy yil bitiruvchilari hisoblanadi, ya’ni har besh nafardan biri. XTV ta’kidlashiga ko‘ra, bu ko‘rsatgich ham yildan yilga kamayib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 o‘quv yiliga jami 1 146 744 abituriyent OTMlarga hujjat topshirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 o‘quv yiliga jami 1 146 744 abituriyent OTMlarga hujjat topshirgan edi.