Shavkat Mirziyoyev yangi qurilgan axborot markaziga tashrif buyurdi

“Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida iqtisodiy va ijtimoiy soha xizmatlarini raqamlashtirish va qulayligini oshirish nazarda tutilgan.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markaziga tashrif buyurdi.
V Zangiatinskom rayone zapushen yediniy sentr xraneniya i obrabotki dannix sistemi “Elektronnoe pravitelstvo”
Axborot markazida, Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda, 580 ta serverdan iborat umumiy xotirasi 20 peta bayt axborot salqlash tizimi tashkil etilgan.
V Uzbekistane postroili data sentr dlya "elektronnogo pravitelstva"
Uni uzuluksiz elektr bilan ta’minlab turish uchun 5 megavattli dizel generatorlar, binoni sovutish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimlari ham o‘rnatilgan. Axborot markazi xalqaro “Uptime” instituti tomonidan beriladigan TIER III sertifikatiga ega.
- Bu markaz raqamlashtirishning “yuragi”, “Elektron hukumat”ning zamini, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mazkur markaz ishga tushishi natijasida davlat idoralarining ma’lumotlarni saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlashga sarflaydigan milliardlab harajatlari tejaladi, aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi. Eng asosiysi, kiberhujumlardan ishonchli himoya ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
V Uzbekistane postroili data sentr dlya "elektronnogo pravitelstva"
Eslatib o‘tamiz, “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida iqtisodiy va ijtimoiy soha xizmatlarini raqamlashtirish va qulayligini oshirish nazarda tutilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun O‘zbekistonda ilk bor katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi barpo etildi.
V Uzbekistane postroili data sentr dlya "elektronnogo pravitelstva"