TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Turkmaniston poytaxti Ashxobodda 26-avgust kuni O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqla O‘zbekiston TIV.
O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov, Turkmaniston delegatsiyasiga esa Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov rahbarlik qildi.
Tomonlar siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, konsullik-huquqiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli O‘zbekiston - Turkmaniston strategik sherikligini rivojlantirish masalalarini batafsil muhokama qildilar.
Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari, shu jumladan, iqtisodiyot, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy tahdid va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklararo maslahatlashuvlari yakunida protokol imzolandi.