"AVTOVAZ"ga o‘zbekistonliklar ishga jalb qilinadi

O‘zbekiston va Rossiyaning mehnat migratsiyasi sohasida hamkorligi davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 avg - Sputnik. "AVTOVAZ" korxonasiga 500 nafar malakali mutaxassislar ishga jalb qilinadi, deb xabar qildi Tashqi Mehnat Migratsiyasi agentligi.
Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samaradagi vakili hududdagi "AVTOVAZ" aksiyadorlik jamiyati va "Slasti" korxonasi rahbariyati bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.
"AVTOVAZ" korxonasi rahbariyati bilan yengil avtomobil qismlarini yig‘ish liniyasiga 500 nafar malakali mutaxassislarni jalb qilish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, "Slasti" qandolatchilik korxonasiga 20 nafar O‘zbekiston fuqarosini ishga joylashtirishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida ushbu korxonalarga hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun tegishli hujjatlar to‘plami taqdim etildi.