To‘lov-kontrakt miqdori oshiriladimi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘lov-kontrakt miqdorining oshirilishi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘lov-kontrakt miqdorining oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.
Aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda kotrakt miqdorining oshirilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Vazirlik o‘z munosabatida bazaviy to‘lov-kotrakt miqdorlari yangi o‘quv yili uchun tasdiqlanishi kutilayotganligini inobatga olishni so‘radi.
“Ushbu masala rasmiy e’lon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan ta’lim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishi asossis”, deyiladi xabardi.