Taekvondo bo‘yicha OChda O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 3ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medali mavjud.
Sputnik
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Vyetnamning Xoshimin shahrida kadetlar o‘rtasidagi bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar berdi.
Aytilishicha chempionatning ikkinchi kunida ham xuddi birinchi kungidek uch nafar sportchi sovrindor bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi
Unga ko‘ra:
-45kg vazn toifasida Behruz Salimov barcha raqibalarini taslim qildi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
+65kg vaznda Javohir Xidoyatov ham musobaqada barchadan kuchli ekanini isbotladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
-55kg vazn toifasida esa Aminaxon Kamalova yarim final bosqichiga qadar yetib bordi va bronza medali sohibasiga aylandi.
O‘zbekiston terma jamoasi
Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 3ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medali mavjud.